Bokschilarimizning jahon chempionatidagi raqiblari maʼlum boʻldi

12:03 09 Sentyabr 2019 Sport
63 0

Bugun Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks boʻyicha havaskorlar oʻrtasida XX jahon chempionati start oladi.

Oʻzbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, qurʼa natijasiga koʻra, mazkur jahon chempionatida vatanimiz sharafini himoya qiladigan charm qoʻlqop ustalarimiz oʻz raqiblarini bilib olishdi.

Demak, 52 kg.gacha boʻlgan vazn toifasida ringga koʻtariladigan Rio-2016 olimpiadasi gʻolibi Shahobiddin Zoirov birinchi davrada turkmanistonlik Gulijonovga qarshi ringga koʻtarilsa, 57 kg.gacha vazn toifasidagi hamyurtimiz Miraziz Mirzaxalilov esa bahslarga ikkinchi davradan qoʻshiladi. Shuningdek, Bobousmon Baturov, Sanjar Tursunov hamda Bahodir Jalolov kabi yetakchi bokschilarimiz ham birinchi davradan ozod etilgan.

Qurʼa natijalari quyidagicha koʻrinish oldi:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Gulijanov (Turkmaniston)

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – De Andrade (Braziliya)/Ivanov (Polsha)

-63 kg: Elnur Abduraimov – Ben Baziz (Jazoir)

-69 kg: Bobousmon Baturov – Arregui (Argentina)/Mikkalef (Chernogoriya)

-75 kg: Fanat Qahramonov – Davaasuren (Moʻgʻuliston)

-81 kg: Dilshodbek Roʻzmetov – Narmandax (Moʻgʻuliston)

-91 kg: Sanjar Tursunov – Xulio Blanko (Kolumbiya)/Teysheyra Da Silva (Braziliya) 

+91 kg: Bahodir Jalolov – Rogava (Ukraina)/Ramazon Purdelavar (Eron)

Eslatib oʻtamiz, Germaniyada oʻtkazilgan soʻnggi jahon chempionatida -69 kg vazn toifasida hamyurtimiz Shahram Gʻiyosov oltin medalga sazovor boʻlgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?