Boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionati gʻoliblari aniqlandi

13:38 30 Oktyabr 2019 Sport
212 0

Kecha poytaxtimizda boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻz yakuniga yetdi. Bir necha kun davom etgan murosasiz janglar yurtimizning kuchli bokschilarini yana bir bor saralab berdi. Kecha oʻtkazilgan final bellashuvlari ham oʻzining qizgʻin va murosasizligi bilan ajralib turdi. Hal qiluvchi bellashuvlarda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

-49 kg: Abrorbek Abdusalomov (Andijon) – Umarqul Ermatov (Jizzax) (Abdusalomov birinchi raunddan soʻng jangni davom ettira olmasligini bildirdi)

-52 kg: Mironshoh Ibragimov (Buxoro) – Foziljon Abdumurodov (Jizzax) -/+

-56 kg: Fazliddin Kattaqulov (Surxondaryo) – Oybek Joʻrayev (Toshkent viloyati) 2:3

-60 kg: Abdumalik Xalakov (Toshkent viloyati) – Sardor Muzaffarov (Toshkent viloyati) 5:0

-64 kg: Elnur Abduraimov (Toshkent viloyati) – Mujibillo Tursunov (Andijon) +/-

-69 kg: Fazliddin Meliboyev (Fargʻona) – Jahongir Rahmonov (“Dinamo”) 0:4

-75 kg: Fanat Qahramonov (Samarqand) – Odiljon Aslonov (Buxoro) 2:3

-81 kg: Shohruxbek Rustamov (Fargʻona) – Shuhrat Abdullayev (“Dinamo”) 1:4

-91 kg: Jamshidjon Abdullayev (Fargʻona) – Mirzohid Abdullayev (“Dinamo”) 3:2

+91 kg: Lazizbek Mullajonov (Fargʻona) – Ulugʻbek Mubinov (Buxoro) 1:4

Tashkilotchilar bu yildan eʼtiboran musobaqaning eng yaxshi bokschisiga Rufat Risqiyev sovrinini taʼsis etishgan edi. Ilk bor bunday sovringa mazkur chempionatda -60 kilogramm vazn toifasida jang olib borgan Abdumalik Xalakov sazovor boʻldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?