Boylik, ishonchlilik barqarorlik timsoli

15:45 17 Sentyabr 2019 Iqtisodiyot
151 0

Poytaxtimizda aksiyadorlik tijorat Xalq bankining yangi logotipi va korporativ rangi yangilanishi – rebrending qilinishi yuzasidan brifing boʻlib oʻtdi. Yangi logotip Amir Temur uzugidan andoza olgan holda ishlab chiqilgan boʻlib, unda davlatning qudrati va xalqimiz hayotiga xizmat qilishga intilish birlashtirilgan. Logotipdagi oltin rang boylik va ishonchlilikni, yashil rang esa bankning barqarorligi va shiddat bilan oʻsayotganini anglatadi.

Bugungi kunda Xalk banki Oʻzbekiston bank tizimining muhim boʻgʻini hisoblanib, uning tarkibida 198 ta filial, 30 ta mini-bank va 900 ga yaqin jamgʻarma va maxsus kassalar faoliyat koʻrsatmoqda.

Xalq banki tizimida jismoniy shaxslarga yanada sifatliroq xizmat koʻrsatish maqsadida mikroqarz, yuqori foizli omonatlar, nafaqa-overdrafti, kobrending, kobeyjing va kredit kartalari kabi bir qator yangi mahsulotlarni joriy etmoqda.

Bank bugungi kunda 16 milliondan ortiq mijozlarga xizmat koʻrsatib kelmoqda. Respublikamizning barcha hududlari aholisiga qulaylik yaratish maqsadida kechayu kunduz xizmat koʻrsatish markazlari barpo etilmoqda, plastik kartalarga masofadan turib xizmat koʻrsatish uchun ayni paytda 500 dan ortiq bankomat va infokiosklar faoliyat yuritmoqda. Bank tomonidan yil oxiriga qadar yana 1000 ga yaqin bankomatlar olib kelinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, “XALQ MOBILE” mobil ilovasi jismoniy shaxslarga bank ofislariga tashrif buyurmasdan masofadan turib turli bank amaliyotlarini amalga oshirish imkoniyatini bermoqda.

Bundan tashqari, mijozlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, bank xizmatlari ommabopligini oshirish hamda ularni optimallashtirish maqsadida 300 dan ortiq “Bank xizmatlari ofislari” ochilishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?