“Birinchi Yevropa va Osiyo mamlakatlari isteʼmolchilari forumi” oʻz ishini Samarqandda davom ettirmoqda

17:45 16 Yanvar 2020 Iqtisodiyot
329 0

“Xalq soʻzi ONLINE” Abdulaziz Yoʻldoshev/Samarqand. Joriy yil 14-yanvar kuni Toshkent shahrida “Birinchi Yevropa va Osiyo mamlakatlari isteʼmolchilari Forumi”ga start berilgan edi. Forum oʻz ishini 16-yanvardan boshlab Samarqandda davom ettirmoqda.

Unda sohaga doir xalqaro hamkorlik masalalarini globalizatsiya sharoitida oʻrganish, oʻzaro tajriba almashish boʻyicha qator taklif va tashabbuslar tahlil etilishi hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning dolzarb muammolari, yangicha tamoyillar, tijorat va turizm sohalarida isteʼmolchi huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama etilishi koʻzda tutilgan.

Forumda ishtirok etish uchun Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti (Consumer International), Xalqaro isteʼmolchilar jamiyatlari konfederatsiyasi vakillari, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Rossiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Hindiston va Turkiya davlatlarining isteʼmolchilar huquqini himoya qilish tashkilotlari hamda Rossiya sifat nazorati vakillari tashrif buyurishgan.

Forum ishtirokchilariga turli madaniy dasturlar tashkil etilishi, Samarqandning diqqatga sazovor joylari, tarixiy qadamjolarining koʻrsatilishi maqsad qilingan. Forum oʻz ishini 19-yanvarga qadar davom ettirishi belgilangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?