Bir yilda uch marta hosil olsa boʻladi

17:07 11 Noyabr 2019 Jamiyat
364 0

Illyustrativ foto

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi “GARDENS KHOREZM” korxonasi tomonidan bir yilda uch marotaba hosil olish imkonini beruvchi yirik issiqxona kompleksi barpo etilmoqda.

Prezidentimizning oʻtgan yil noyabr oyida Xorazm viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida tasdiqlangan mazkur loyiha asosida bir yildirki, maydoni 6 gektarni tashkil etuvchi korxona qurilishi shiddat bilan olib borilmoqda. Umumiy hajmi 16,9 mln. yevroga teng boʻlgan loyiha asosida “Oʻzsanoatqurilishbank” tomonidan Germaniyaning “Landesbank”i kredit liniyasidan ajratilgan 12,9 mln. yevro miqdoridagi mablagʻi hisobiga Gollandiyadan avtomatik ultra iqlim boshqaruv tizimiga ega besh avlodli issiqxona kompleksi keltirib, oʻrnatildi.

Loyiha ishga tushsa, bir gektar yer maydonida 500 tonna mahsulot yetishtirish hamda bir yilda 3 marotaba hosil olish imkoni yaratiladi. Mahalliy bozordan tashqari, yiliga 3-4 mln. dollarlik mahsulot xorijiy davlatlarga eksport qilinadi.

Xoʻjalikda yetishtirilgan mahsulotlarni avtomatik tarzda yigʻish, qadoqlash va yuklarni sifatli qilib joylashtirish uchun alohida servis zonalari tashkil qilingan.

Issiqxona ichki harorati yil davomida mavsum tanlamasdan bir xil iqlimda saqlanishi uchun uglekisliy gazda ishlovchi sovutish uskunasi bilan jihozlangan. Tashqi qoplamalarining shisha oynalar bilan qoplanganiesa u yerga ekilgan koʻchatlarga kechayu kunduz bir xil yorugʻlik yetib borishini taʼminlaydi.

Ilgʻor va innovatsion texnologiya asosida barpo etilayotgan issiqxonada oʻsimliklarni changlatish ham tabiiy usulda – asalarilardan foydalangan holda olib boriladi.

Xonqadagi “GARDENS KHOREZM” korxonasining zamonaviy tipdagi issiqxona xoʻjaligi mana shunday sharoitda ish boshlash arafasida. Bu bilan bozorlarimizda meva-sabzavot va poliz mahsulotlarining moʻlligi hamda narx-navo barqarorligiga munosib hissa qoʻshiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?