Belarusda UzAuto Motors avtomobillari savdosi boshlandi

21:57 21 May 2020 Iqtisodiyot
168 0

Belarus Respublikasi avtomobil bozorida Chevrolet brendi ostida taqdim etilgan ilk modellar Spark, Nexia va Cobalt modellari boʻldi. Bu haqda “Oʻzavtosanoat” maʼlum qildi.

Avtomobillarning birinchi partiyasi “Multimotors” avtomarkaziga yetkazib berildi, u Chevrolet brendining premial avtomobillari rasmiy dileri sanaladi va endilikda UzAuto Motors bilan ommaviy segmentdagi Chevrolet avtomobillarini yetkazib berish boʻyicha yangi dilerlik kelishuvini imzoladi.

UzAuto Motorsning Belarusdagi sherigi va ommaviy segmentdagi Chevrolet avtomobillarining rasmiy dileri “Multimotors” kompaniyasi qayd etishicha, ushbu avtomobillarning asosiy afzalligi narx va sifatning ajoyib mutanosibligi, jumladan, komplektatsiyasidir.

Jahon avtosanoatining yetakchilaridan biri – General Motors kompaniyasi oʻrnatgan standartlarga toʻliq mos keluvchi avtomobillarning yuqori sifatiga erishilgani uchun UzAuto Motorsʻga tashqi bozorlarda Chevrolet brendidan foydalanish huquqi taqdim etildi.

UzAuto Motors kompaniyasi Belarus, Qozogʻiston va Rossiya eksport bozorlarida Chevrolet brendi ostida avtomobillar sotishni boshlab yuborgan. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?