Baliqchilik klasteriga asos solindi

15:08 13 May 2020 Klaster
567 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 7-may kuni Andijon, Navoiy hamda Surxondaryo viloyatlari tuman va shaharlarining iqtisodiy salohiyatini oshirish chora-tadbirlari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Andijon, Navoiy hamda Surxondaryo viloyatlarida sanoatni rivojlantirish, xom ashyoni chuqur qayta ishlash, xizmat koʻrsatishni yaxshilash, qishloq xoʻjaligida mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha alohida vazifalar belgilandi. Maqsad –aholi farovonligini oshirish, oilalarni kambagʻallikdan olib chiqishdan iboratdir.

Andijon viloyatida bu borada keng koʻlamli ishlar boshlab yuborildi. Jumladan, Ulugʻnor tumanida baliqchilikka ixtisoslashgan klasterlar faoliyatini yana-da kengaytirish maqsadida 100 gektar yerga intensiv baliq yetishtirish ishlariga kirishildi. Ayni paytda maydonni baliqchilikka moslashtirish, suv chiqarish va elektr tarmogʻini tortish ishlari olib borilmoqda.

Saminjon HUSANOV,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?