Bahrom Ashrafxonov boshqa lavozimda ish boshladi

16:45 18 Sentyabr 2019 Iqtisodiyot
291 0

Hukumat qarori bilan Bahrom Bahodirovich Ashrafxanov Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning davlat pensiya taʼminotini tashkil etish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya toʻlovlari va boshqa toʻlovlarni tayinlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarining qayta hisoblab chiqilishini taʼminlash Jamgʻarmaning asosiy vazifalaridan biridir.

2016-2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida faoliyat koʻrsatgan. 2018-2019-yillarda “Oʻzbekneftegaz” AJ boshqaruv Raisi vazifasini bajaruvchisi boʻlgan.

2019-yil fevralidan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri ijtimoiy soha masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?