Ayol nega bolasini hojatxonaga tashlagani haqida gapirib berdi (video)

18:19 09 Iyul 2019 Jamiyat
1574 0

Yoshlar teleradiokanalining “Davr” informatsion dasturi muxbirlari Surxondaryoda yangi tugʻilgan chaqalogʻini hojatxonaga tashlab ketgan 20 yashar ayol bilan suhbatlashdi. Suhbat aks video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.

Unda yosh ona bolasini oʻlgan deb oʻylaganini aytgan.

“Kindigini uzdim, ovozi chiqmadi. Oʻlgan deb oʻyladim. Yuziga qaraganim yoʻq, lekin qiz bolaligini bilaman... Bolani otasi bilmaydi, u Rossiyaga ketib qolgan”, deya gapirgan u.

Eslatib oʻtamiz, Prokuratura mazkur ish yuzasidan jinoiy ish ochgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?