Avtomobilsozlar “Asaka Siti”ni bunyod etishga kirishdilar

10:02 04 Oktyabr 2019 Jamiyat
1496 0

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Saminjon Husanov/Andijon. Asaka shahrining dovrugʻi qoʻshni davlatlarda ham maʼlum. Bunga uning qadimiyligi, hunarmandchiligi, avtomobilsozlik zavodining aynan shu shaharda faoliyat yuritishi sababdir. Oʻz oʻrnida shaharni mashhur qilgan avtomobilsozlar uning dovrugʻini yanada koʻtarishga ahd qildilar. Boisi, tumanda olib boriladigan bunyodkorlik ishlari qatorida qad rostlashi koʻzda tutilgan “Asaka Siti”ning qurilishi “Oʻzavtosanoat” AJ tomonidan amalga oshiriladigan boʻldi. Buning uchun tumandan 50 gektar yer maydoni ajratildi.

Dastlabki taklifiy loyihalar muhokamasida “Oʻzavtosanoat” AJ raisi Shavkat Umrzoqov ishtirok etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?