Avtomobil oynalarini qoraytirish uchun ruxsat olgan haydovchilar jarimaga tortilganliklari haqidagi maʼlumot haqiqatdan yiroqdir

09:45 26 Avgust 2019 Jamiyat
593 0

Xabar.uz va Kun.uz saytlarida Adliya vazirligining telegram-kanalidan manba keltirilgan holda avtomobil oynalarini qoraytirishga ruxsat olgan koʻpchilik mashinalarning old oynalarining yorugʻlik oʻtkazish foizi nomuvofiq boʻlgani sababli haydovchilar jarimaga tortilganliklari haqida maʼlumot eʼlon qilindi.

IIBBdan maʼlum qilinishicha, ushbu maʼlumot haqiqatdan yiroqdir. Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimlari avtomobil old yon oynalarini qoraytirish masalalari boʻyicha qonunchilikda oʻzgarishlar roʻy bergan kundan boshlab ruxsat olgan haydovchilarga nisbatan 126-modda boʻyicha birorta ham maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilmagan. Shu bilan birga: agar old oynada ruxsatni tasdiqlovchi gologramma emblemasi boʻlsa, YPX inspektorlari avtomobillarni qoʻshimcha tekshiruv va yorugʻlik oʻtkazuvchanlikni oʻlchash uchun toʻxtatishmagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.07.2018 dagi “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 547-son qarorda ikkinchi band bugun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yilning 2-avgust kunidagi 646-son qarorining tahririda taqdim etilgan. Xususan, u yerda old yon oynalarni 50% gacha qoraytirish mumkinligi belgilangan. Eslatib oʻtamiz, gap qoraytiruvchi qoplamaning yorugʻlik oʻtkazuvchanligi haqida bormoqda, umumiy yorugʻlik oʻtkazuvchanlik haqida emas. Shuning uchun oynaning boshlangʻich yorugʻlik oʻtkazuvchanligi foizi ahamiyatga ega emas.

Maqolada keltirilgan oynalarning dastlabki (zavod) yorugʻlik oʻtkazuvchanligi va qoplamaning yorugʻlik oʻtkazuvchanligini qoʻshish uslubi boshqa hollarda qoʻllanilishi mumkin, masalan, atermal qoplama yotqizmoqchi boʻlib, qonunchilikdagi 70 foizlik yorugʻlik oʻtkazuvchanlik talabini buzish niyatidan yiroq boʻlganingizda. Qoplama talab qilingan raqamlarga muvofiq boʻlganida ruxsat talab etmaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?