Avstraliyada noodatiy qahva yaratildi

14:45 14 Iyun 2018 Lifestyle
458 0

Avstraliyada noodatiy qahva paydo bo‘ldi. U brokkoli kukuni qo‘shib tayyorlanadi, deb xabar berdi Life.

Aholi o‘rtasida sabzavot va meva iste’moli pasayib ketganidan xavotirga tushgan yashil qit’alik olimlar ana shunday o‘ziga xos quvvat manbai yaratdi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, faqat 49 foizgina avstraliyaliklar yetarli miqdorda meva, sabzavot va ko‘katlarni tanovul qiladi.

Davlat ilmiy va amaliy tadqiqotlar birlashmasi eksperti Merienn Avgustinning aytishicha, bor-yo‘g‘i ikki oshxona qoshig‘ida solingan brokkoli kukuni bir porsiya sabzavot quvvatini beradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?