Avstraliyada dunyodagi eng katta quyosh elektrostansiyasi quriladi

17:37 28 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
165 0

Fotо: Getty Images

“Sun Cable” kompaniyasi loyiha qiymati 20 milliard dollariga teng boʻlgan, dunyodagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi qurilishi haqida eʼlon qildi.

U Avstraliyaning Darvin va Alis-Springs shaharlari oʻrtasida barpo etiladi va stansiya quvvati yiliga 10 GVtni tashkil etadi. 

“The Guardian” nashri xabariga koʻra, loyiha rejasi allaqachon Shimoliy hudud atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga taqdim etilgan va tasdiqlanishi kutilmoqda. Agar bu amalga oshsa, qurilish ishlari 2023-yilda boshlanib, 2026-yil boshida tugatilishi rejalashtirilgan. Singapurga elektr energiyasi yetkazib berish esa 2027-yilga moʻljallangan.

“Sun Cable” bosh direktori Devid Griffinning soʻzlariga koʻra, qurilish tugaguniga qadar elektrostansiya kosmosdan turli qurilmalarsiz ham koʻrinadi.

“Stansiya uchun joy tasodifan tanlanmagan – Quyosh fermasi temir yoʻl stansiyasi yaqinida va magistraldan 30 kilometr uzoqlikda quriladi, bu logistika muammolarini hal qilishni soddalashtiradi”, deydi “Sun Cable” bosh direktori Devid Griffin.

Taʼkidlanishicha, ishlab chiqarilgan elektr energiyasining uchdan bir qismi Darvin shahrining energiya tizimi uchun ishlatiladi. Qolgan uchdan ikki qism esa dengiz osti yuqori voltli kabellari orqali Singapurga eksport qilinadi. Shu asosda “Newcastle Waters” quyosh fermasi Singapurning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojining beshdan bir qismini qondira oladi.

Elektrostansiya qurilishi Avstraliya hukumati hamda ikki mahalliy milliarder – Mayk Kennon-Bruks va Endryu Forrest tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?