Atamboyevni taslim boʻlishga koʻndirgan generalga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

10:47 15 Avgust 2019 Dunyo
458 0

Almazbek Atambayevni taslim boʻlishga koʻndirgan Qirgʻiziston ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Kursan Asanovga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda Sputnik xabar qildi.

Unda aytilishicha, Asanov mansab vakolatini suiisteʼmol qilishda gumonlanmoqda. U ichki ishlar vazirining talabini bajarmagan va shaxsiy tarkibni boshqaruvsiz qoldirgan.

Harbiy prokuratura tergovni olib bormoqda. Hozirgi vaqtda Asanov soʻroq qilinmoqda.

Shuning ortidan Kursan Asanov ichki ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi. Asanov Qirgʻiziston militsiyasi manfaatlariga xiyonat va ishonchni suiisteʼmol qilganlikda ayblanmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?