Artilleriya estafetasi ishtirokchilarini oʻquvchi yoshlar qoʻllab-quvvatlab turdi

13:14 20 Sentyabr 2019 Jamiyat
144 0

Kecha Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug artilleriya ofitserlari bilan kompyuterlashtirilgan artilleriya poligonida otish va oʻtni boshqarish boʻyicha oʻquv yigʻini boʻlib oʻtdi. Oʻquv yigʻinida zamonaviy otish va oʻtni boshqarish usullari oʻrganildi. Bu haqda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi. 

Oʻquv yigʻini doirasida harbiy qismning muddatli harbiy xizmatchilari oʻrtasida artilleriya estafetasi uyushtirildi. Artilleriya boʻlinmalarida bir-birini almashtiruvchi mutaxassislarni tayyorlash, harbiy xizmat nufuzini oshirish, Vatanga muhabbat asosida qoʻshinlarda zamonaviy anʼanalarni shakllantirish, harbiy xizmatchilar orasida sogʻlom raqobatni oʻrnatish, jangovar tayyorgarlik tizimini takomillashtirish va qoʻshinlarda yuqori jangovar shaylikni oshirishdek maqsadni oʻz ichiga qamrab olgan estafetada ikkita jamoa oʻzaro bellashdi.

Shu kuni, Nukus shahar xalq taʼlimiga qarashli 44-sonli maktabning yuqori sinf oʻquvchilari estafeta tomoshabinlari qatorida ishtirokchilarni qoʻllab-quvvatlab turishdi. Estafetada ishtirok etgan jamoalarga Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik O.Shoimov tomonidan faxriy yorliq va medallar topshirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?