Arnasoyda 64 ta xonadon ichimlik suvi bilan taʼminlandi

17:16 17 Sentyabr 2019 Jamiyat
91 0

Arnasoy tuman davlat soliq inspeksiyasi boshqarayotgan 4-sektor hududidaga “Doʻstlik” qishloq fuqarolar yigʻinida 427 xonadonda 2250 nafar aholi istiqomat qiladi.

Qishloq ahli bir qator muammolar girdobida ancha eʼtibordan chetda qolib yashab kelmoqda. Ichimlik suvi muammosi, koʻchalarning qishda loy, yozda chang-tuproqligi, suyultirilgan gazni vaqtida olib kelib bermaslik, elektr taʼminotidagi uzilishlar va boshqa shu kabi muammolar qishloq ahlini anchadan buyon qiynab kelayotgan edi.

Aholi xonadonlariga borish, ularning ahvoli bilan yaqindan tanishish, yuzaga kelgan muammolarni faqat sayyor qabullardagina emas, balki, boshqa uchrashuvlarda ham qishloq ahli bilan birgalikda joyida, amaliy hal qilish muhim sanaladi.

Oʻtgan davr maboynida mazkur 4-sektor maxallarida jami 28 marotaba sayyor qabullar oʻtkazildi. Unda112 ta muammoli masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinib tegishli idora va tashkilotlar tomonidan 79 tasi bartaraf etildi va 33 tasi dastur asosida yoʻl xaritalariga kiritildi.

Mahallalardagi Sh.Rashidov, T.Berdaliyev, Siyob koʻchalariga asfalt yotqizilib, koʻchalari taʼmirlandi.

38 nafar nogiron va kam taʼminlangan oilalarga homiy va sektor yordamida 11.5 ming soʻmlik oziq-ovqat va boshqa turdagi moddiy yordamlar koʻrsatildi.

Doʻstlik QFYT.Berdaliyev koʻchasida istiqomat qiluvchiFurqat Umirovga uyma-uy yurish natijasida nogironlik aravachasi zarurligi aniqlandi. Sektor yordamida F.Umirovga nogironlik aravachasi olibberildi. Bundan tashqari shu qishloqda yashovchi Oybek Kubayevga davolanish uchun sektor homiyligida moddiy yordam pullari berildi. T.Berdaliyev koʻchasida yashovchi Tamara Turdiyevaga esauy-joyini taʼmirlash maqsadida shifer va moddiy yordam pullari berildi.

Aholi bandligini taʼminlash maqsadida 60 ga yaqin fuqarolarni jamoatchilik aosida ishga joylashtirildi. 316 nafari mavsumiy ishlarga jalb etildi. Ichimlik suvi borasidagi muammolar ham bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda. Qishloqda2,7 km masofaga yangi ichimlik suvi tarmogʻi tortilib, buning natijasida64 ta xonadan egalari ichimlik suvi bilan taʼminlandi. 1,5 km oqar suv zovurlari qazilib, suv yoʻli ochib berildi.

Bir soʻz bilan aytganda sektor hududida muammoli masalalar yuzasidan uyma-uy yurilib, oʻrganishlardavom etayapti. Ularni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Yunus ISLOMOV,

Arnasoy tuman DSI rahbari.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?