Armanistonda ham koronavirus bilan bogʻliq birinchi oʻlim holati qayd etildi

23:14 26 Mart 2020 Dunyo
202 0

Illyustrativ surat

“RIA Novosti” axborot agentligi xabariga koʻra, 26-mart, payshanba kuni Armanistonda ham koronavirus bilan bogʻliq birinchi oʻlim holati qayd etilgan.
Manbaga koʻra, vafot etgan bemor 72 yoshli ayol boʻlgan. U koronavirusdan tashqari nafas yoʻllari va yurak-qon tomir kasalliklari bilan ogʻrigan. Aynan ana shu surunkali kasalliklar bemorning hayotini saqlab qolishga imkon bermagan. Bemor bir kun avval jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan va ahvoli oʻta ogʻir boʻlgan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Armanistonda mazkur infeksiya bilan 290 kishi kasallangan. Mamlakatda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun 16-martdan 14-aprelgacha favqulodda holat eʼlon qilingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?