AQSHda sud Markoni telegrafini olish uchun “Titanik”ni boʻlaklarga boʻlishga ruxsat berdi

22:55 21 May 2020 Dunyo
168 0

Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi sud Atlantika okeanining tubida joylashgan “Titanik”ning parchalarini boʻlaklarga boʻlishga va Markoni telegrafini olishga ruxsat berdi.

The Washington Post xabariga koʻra, Virjiniya shtati federal sudi Amerikaning “RMS Titanic Inc” kompaniyasining Markoni simsiz telegrafi (yekipaj tomonidan 1912-yilda qoʻshni kemalarga murojaat qilish va yordam chaqirish uchun foydalanilgan qurilma)ni kemadan olish rejasini maʼqullagan.

Suv osti robotlaridan foydalaniladigan ekspeditsiya 2020-yil yozida boshlanishi rejalashtirilgan.

Taʼkidlanishicha, telegrafni ish holatiga qaytarish imkoniyati ham koʻrib chiqiladi.

Ammo maʼlumotlarga qaraganda, Milliy okean va atmosfera tadqiqotlar maʼmuriyati (NOAA) ushbu loyihaga qarshi chiqmoqda. Qayd etilishicha, choʻkkan kema qabr sifatida qabul qilinib, oʻlganlar xotirasiga hurmat koʻrsatilishi va muzeylar uchun “koʻrgazma” sifatida koʻrilmasligi kerak.

Avvalroq “RMS Titanic Inc” kompaniyasining radiostansiya va yuzlab boshqa ashyolarni olish uchun “Titanik” kabinasi tomining bir qismini olib tashlamoqchi ekani xabar qilingan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?