AQSH Prezidenti tarixda ilk marta Shimoliy Koreyaga bordi

17:40 01 Iyul 2019 Dunyo
304 0

Kecha AQSH Prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan yana bir bor uchrashdi. Oʻzaro muloqot ikki Koreyani boʻlib turadigan demilitarizatsiya hududida boʻlib oʻtdi.

Xoʻsh, navbatdagi mazkur tarixiy muloqot nimasi bilan yodda qoldi?

Avvalo, har ikki tomon ham bir nechta hafta ichida yadro mavzusi boʻyicha muzokaralarni ishchi darajasida qayta tiklashga rozi boʻldi.

Donald Tramp esa chegarani kesib oʻtib, Shimoliy Koreyaga tashrif buyurgan AQSHning ilk prezidentiga aylandi.

“Bu katta iftixor, bu butun dunyo uchun buyuk kundir”, - dedi u.

Kim Chen In ham prezident Tramp demarkatsiya chizigʻidan oʻtib, bu ishni qilgan, KXDR hududiga qadam bosgan AQSHning ilk prezidentiga aylangani, bu uning kelajakdagi oʻzaro munosabatlarni yaxshilash niyatida ekanini anglatishini taʼkidlagan.

Demarkatsiya chizigʻidan qayta oʻtib, janubga qaytishganida ularga Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In ham qoʻshildi.

Oʻzaro muloqot chogʻida Tramp kelishuvga erishishga shoshilmayotgani, Pxenyanga nisbatan sanksiyalar hali ham amalda ekanligini qayd etdi. Oʻz navbatida Kim Chen Inni Oq uyga taklif qildi.

Ayni chogʻda Mun Chje In “AQSH va Janubiy Koreya denuklearizatsiya boʻyicha yagona nuqtai-nazarni qoʻllab-quvvatlashayotgani va bir maqsadga ega ekanliklari”ni bildirgan.

CNN muxbiri esa ikki davlat rahbari uchrashuvi vaqtida AQSHlik va KXDRlik ommaviy axborot vositalari oʻrtasida janjal kelib chiqqanini maʼlum qilgan.

Umuman olganda, bu Donald Tramp va Kim Chen In oʻrtasidagi uchinchi uchrashuvdir. Shu paytgacha ular 2018-yil iyunida Singapur, 2019-yil fevralida Vyetnamdagi oʻzaro muloqot qilishgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?