AOKA oʻrganishi natijasida  “UzAuto Motors”ning ayblovi assosizligi aniqlandi

18:30 23 Oktyabr 2020 Jamiyat
725 0

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi “UzAuto Motors” AJning Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan qator OAVga bosim oʻtkazilgani qayd etilgan rasmiy bayonotidagi vaziyatni oʻrganib chiqdi.

Ushbu masalani oʻrganish natijasida “UzAuto Motors” AJ taqdim etgan maʼlumot oʻz tasdigʻini topmadi. Agentlik tomonidan 15 ta yetakchi elektron ommaviy axborot vositalari rahbarlari oʻrtasida soʻrov oʻtkazilib, mazkur sud ishini yoritishda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan hech qanday bosim oʻtkazilmagani qayd etildi.

Ushbu masala yuzasidan AOKA tomonidan “UzAuto Motors” AJga asossiz maʼlumotni tarqatmaslik va bu kabi holatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tegishli ogohlantirish kiritiladi.

Agentlik yana bir bor asossiz, yolgʻon maʼlumotlarni tarqatish uchun javobgarlik borligini eslatib oʻtadi, yuridik va jismoniy shaxslar hamda OAVga tarqatilayotan maʼlumotlarning asosliligini tekshirishni tavsiya qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?