Andrey Kanchelskis yana “Navbahor”ga qaytdi

11:20 29 Avgust 2019 Sport
196 0

Shu yil iyul oyida bosh murabbiylikka tayinlangan serbiyalik mutaxassis Deyan Jurjevich “Navbahor”da omadi kelmaganligi sababli ishdan olindi.

Avval Namangan klubida faoliyat yuritgan rossiyalikmutaxassis Andrey Kanchelskis ikki oydan soʻngyana “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi vazifasida ish boshladi. Shu munosabat bilan oʻtkazilgan takdimotda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov muxlislarga rossiyalik murabbiy bilan uch yil muddatga shartnoma imzolanganligini xabar qildi.

Shuningdek, klub rahbariyatida ham oʻzgarish yuz berdi. Endi “Navbahor” klubi vitse-prezidenti lavozimida Oybek Samatov faoliyat yuritadi.

 

Qudratilla NAJMIDDINOV.

“Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?