Andijonlik yoshlar viloyat hokimiga 3 soatda 4000 ta murojaat yoʻlladilar

22:34 01 Iyun 2020 Jamiyat
143 0

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Saminjon HUSANOV/Andijon. Respublikamizda hukm surayotgan karantin holati hududlardagi muammolarni bartaraf etishga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi kerak. Shu bois ham Andijon viloyati hokimi navbatdagi “Hokim va yoshlar” tadbirini viloyat televideniyesi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri tashkil etishga qaror qildi. Uch soat davom etgan tadbirda yoshlar tomonidan 4000 ta murojaat kelib tushdi.

«Viloyat hokimining telegramm messenjeridagi boti orqali murojaat yoʻllab, bandlik masalasidagi muammoimni hal etishda yordam berishini soʻradim. Shu kunning oʻzida tumanimizdagi ishlab chiqarish korxonasiga ishga joylashtirish boʻyicha yoʻllanma berishdi»,-deydi Qoʻrgʻontepa tumanidagi Dardoq qishlogʻida istiqomat qiluvchi Abdulfayoz Ahmedov.

Joyli efir jarayonida telefon va telegram messenjeri orqali murojaat qilgan yoshlar asosan bandlik, kredit olish, boʻsh yer maydonlari va chet elga chiqish masalalaridagi muammolarini, taʼlim, fan, axborot kommunikatsiyalari va boshqa yoʻnalishlarda oʻz takliflarini aytib oʻtdilar. Ayni paytda yoshlarning murojaat va takliflari oʻrganilib, ijobiy hal etilmoqda. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?