Andijondan Moʻynoqqa piyoda chiqqan fuqaro 97 kunda Xorazmga yetib keldi

11:59 09 Oktyabr 2019 Jamiyat
139 0

Joriy yilning 1-iyul sanasida Andijon viloyatining Xonobod shahridan Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq tumaniga piyoda yoʻlga chiqqan fuqaro Sohib Rajabov oradan 2 oy oʻtib 97 kunda Xorazm viloyatiga yetib keldi. Bu haqda Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqaroning 2200 km masofani tashkil qiladigan marshrut boʻylab yurishidan maqsad Oʻzbekistonning qanchalik xavfsiz davlat ekanligini isbotlash va yurtimizning turistik salohiyatini koʻrsatishdir.

Sohib Rajabov oʻzining telegram messenjeridagi “Peshkom po Uzbekistanu” kanalida Xorazm viloyatiga yetib kelganligini maʼlum qilgan.

Sohib yoʻl boʻyi koʻrgan-bilganlarini rasmga tushirib, oʻz kanaliga joylashtirib bormoqda.

Qahramonimizni koʻrgan va tanigan Xorazmlik yurtdoshlar ular bilan birga suratga ham tushishmoqda.

“Davlatbek aka i Zoxidjon aka iz kompanii UMS vstretili menya v Xorezmskoy obl. Po doroge v Urgench. “

“Jamol aka kanal muxlisimiz!!! Yulda uchrashdik!!!“

Sohib Rajabov Urganch koʻchalarini suratga olib oʻz kanaliga joylamoqda.

Qahramonimiz hozirda Urganch shahridagi oilaviy mehmon uyiga tashrif buyurgan va oʻz taassurotlarini quyidagicha ifodalagan: - “Shuning uchun oilaviy mehmonxona . Butun oila yigʻilgan. Meni juda yaxshi kutib olishdi, suhbatlashdi, safarim taassurotlari haqida gaplashdi !!! Rahmat doʻstlar !!!“

Endilikda Sohib Rajabov Xorazmda bir necha kun boʻlib viloyatning sayyohlik manzillariga safarini davom ettiradilar.

Barcha yangiliklarni telegram messenjeridagi “Peshkom po Uzbekistanu” kanalida va shu bilan birga @travelkhorezm kanllarida kuzatib borishingiz mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?