Andijonda koʻmirfurushlarning jinoiy harakatlariga chek qoʻyildi

17:15 12 Oktyabr 2018 Iqtisodiyot
614 0

Yurtimizga qish faslining eshik qoqib kelayotgani, ayrimlarning “noyob qobiliyati”ni uygʻotib yuborgan koʻrinadi. Ob-havoning soviy boshlashi ular uchun “bayram”ga aylandi. Vaziyatdan unumli foydalanib qolishga uringan jalaquduqlik O. R, A. R hamda T. S.lar koʻmir savdosini boshlab yuborishibdi. Ne ajabki, ular “tadbirkor”likni qonuniy emas, hech qanday hujjatlarsiz yoʻlga qoʻygan ekan.

Soliq xodimlari tomonidan oʻtkazilgan profilaktik tadbir natijasida T. S.ga tegishli boʻlgan umumiy qiymati 20 million soʻmlik 25 tonna, “hamkasblari” A. R.ning 6 million 400 ming soʻmlik 8 tonna, O. R.ning esa 4 million 300 ming soʻmlik 5 tonna koʻmir mahsulotining noqonuniy savdosi oldi olindi.

Davlat soliq qoʻmitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi tomonidan maʼlum qilinishicha, mazkur holatlar yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib 38 tonna koʻmir mahsuloti daliliy ashyo sifatida olib qoʻyilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?