Andijonda elektromobillar ishlab chiqariladi

Illyustrativ foto
Andijon viloyati Xonobod shahrida elektromobil ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasining “2019 — 2022-yillarda Andijon viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida belgilab berildi.
Loyiha qiymati 1 trln. dollar deya baholanyapti. Tashabbuskor esa “Oltin yer himoya” MCHJ boʻlib, uning rahbari oʻtgan yil “Mard oʻgʻlon” Davlat mukofoti bilan taqdirlangan Shahrizod Musaboyevdir.
Mazkur innovatsion korxona 2021-yil 1-iyunda foydalanishga topshirilishi kutilyapti. Shu asosda 10 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Onlayn nashrimiz orqali bundan oldin ham yurtimizda bu yoʻnalishdagi loyihalar amalga oshirilishi mumkinligi haqida bir necha bor xabar bergan edik.
Xususan, Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi bilan hamkorlikda Qoʻqonda, Xitoyning Henan Suda Electric Vehicle Technology Co., Ltd kompaniyasi bilan birgalikda Buxoroda elektromobil ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilishi mumkinligi, Chin oʻlkasining Changan Automobile Group kompaniyasi Fargʻona vodiysida uzoq istiqbolda mahalliylashtirish tamoyili ostida elektromobillar yigʻish sexini ochishni rejalashtirayotgani xususida maʼlumotlar bergandik.
Hozircha ushbu loyihalarning birortasi boshlangani haqida aniq maʼlumot yoʻq.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida
- Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida
- Shavkat Mirziyoyev sovet davrida isyonchilarga “keskin zarba berganlardan” biri boʻlgan
- Rasmiy bayonot: Gulnora Karimovaga yangi ayblov qoʻyildi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: