Andijon viloyat hokimi uy mojarosi yuzasidan oʻz munosabatini bildirdi

19:03 31 May 2019 Jamiyat
1737 0

Foto: "Xalq so'zi"

Saminjon Husanov, “Xalq soʻzi Online”/Andijon. Andijon viloyat hokimligida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda viloyatda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari jurnalistlari bilan bir qatorda respublika nashrlari vakillari ham ishtirok etdilar. Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hududda aholini turar-joy bilan taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish, fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ishlar xususida soʻzlab berdi. Shuningdek, jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob asnosida viloyatda investitsiyani shakllantirish, turizmni rivojlantirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Anjuman davomida viloyat hokimi matbuot nashrlarida bahs-munozaralarga sabab boʻlgan “Prezident uy berdi” deb televizordan rahmat ayttirilgan andijonlik aël “shou uy”dan chiqarildi” sarlavhali maqolaga oʻz munosabatini bildirdi:

“Andijon shahrining “Mustaqillik” sobiq Pushkin MFYda 14 ta koʻcha boʻlib, ularda 1539 ta xonadonda 2256 ta oila istiqomat qiladi. Mahalla 1920-1930-yillarda umumiy hovli shaklida barpo etilganligi sabab bugungi kunga kelib, yaroqsiz holatga tushib qolgan. Aholi sonining ortishi natijasida bitta xonada bir necha fuqarolar istiqomat qilishiga toʻgʻri kelgan. Hatto omborxonalardan turar-joy sifatida foydalanayotganlar ham koʻp. Shu bois