Andijon shahar markaziy poliklinikasida yongʻin roʻy berdi

19:26 27 Mart 2020 Jamiyat
254 0

Foto: SSV

Shu yilning 27-mart kuni, soat 16:30 da Andijon shahar markaziy poliklinikasida yongʻin roʻy berdi.

Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar bermoqda.

“Shahar aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatuvchi mazkur tibbiyot muassasasi karantin munosabati bilan sanitariya talablari asosida ish faoliyati chegaralangan holda faoliyat olib borayotgan edi”, – deya xabar berdi viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga qaraganda, 5 qavatli ushbu binoning 4-qavatidagi bosh hamshira xonasida joylashgan sovitgich (xolodilnik) va kompyuterlarning elektr tarmogʻiga ulangan joyida qisqa tutashuv roʻy berib, qisqa fursatli yongʻin yuz bergan. Shu zahotiyoq poliklinikadagi tibbiyot xodimlari va bemorlar zudlik bilan tashqariga koʻchirilgan.

Tezkor harakatlar va poliklinika shifokorlarining faolligi sabab hech kim jarohat olmagan. Katta miqdordagi moddiy zarar ham yetkazilmagan.

Ayni paytda oʻrnatilgan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yongʻin markaziy poliklinika faoliyatiga taʼsir etmagan. Faoliyat boʻyicha xizmatlar Andijon shahrining boshqa mavjud 8 ta oilaviy poliklinikalariga taqsimlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?