Amerikalik rejissyor Oʻzbekistonda “Olovuddin” filmini tasvirga oldi

15:07 06 Sentyabr 2019 Madaniyat
114 0

Amerikalik rejissyor Devid Grem Xivadagi Ichan-qalʼa muzey-qoʻriqxonasida yangi qisqa metrajli “Olovuddin” filmini tasvirga oldi. Bu haqda “Oʻzbekkino” xabar berdi.

Film tarixiy janrda boʻlib, mashhur qahramon Olovuddinning yangi sarguzashtlariga bagʻishlangan. Yangi qisqa metrajli “Olovuddin” filmining syomkalari Xiva shahridagi Ichan-qalʼa muzey-qoʻriqxonasida boʻlib oʻtgan.

Kinoda Xiva hamda Buxoro shaharlarining YUNESKO Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan noyob tarixiy obidalari namoyish qilingan.

Kartina tarixiy janrda suratga olingan boʻlib, uning syujeti Sharq ertaklarining mashhur qahramoni hisoblangan Olovuddinning yangi sarguzashtlariga bagʻishlangan. Bosh rolni akter Kalen Chan ijro etdi. Film syemkalari Buxoroda ham boʻlib oʻtdi.

Film premyerasi tez orada boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Film syemkalari Buxoroda ham oʻtkazildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?