Alisher Usmonov Buyuk Britaniyadagi eng boy yettita biznesmenlardan biri boʻldi

01:07 18 May 2020 Iqtisodiyot
239 0

USM Holdings asoschisi va asosiy aksioneri Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng badavlat tadbirkorlari reytingida bitta pogʻonaga koʻtarildi. U haqda Sunday Times” nashriga xabar bermoqda.

Bu yil ishbilarmon reytingda yettinchi oʻrinni egalladi. Uning boyligi 11,68 milliard funtga (14,16 milliard dollar) baholanmoqda. 2019-yilda bu koʻrsatkich 11,33 milliard funtni (yoki 13,73 milliard dollar) tashkil etgan.

Buyuk Britaniyadagi eng boy odamlarning yangi reytingining yetakchisi Dyson elektr jihozlarini ishlab chiqarish kompaniyasi rahbari Djeyms Dayson. Uning boyligi 16,2 milliard funtga (19,6 milliard dollar) baholanmoqda.

Alisher Usmonov koronavirusga qarshi kurashish uchun Oʻzbekistonga millionlab dollar ajratdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?