“Oʻzkomnazorat”ga yangi rahbar tayinlandi

21:03 21 Sentyabr 2020 Siyosat
499 0

Hukumatning tegishli qarori bilan, Gʻolibsher Meliboyevich Ziyayev Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining boshligʻi etib tayinlandi.

U tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasidagi Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Inspeksiyaning avvalgi boshligʻi Asadjon Xodjayev iyul oyida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori etib tayinlangan va shu munosabat bilan Inspeksiya boshligʻi lavozimidan ozod etilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?