Aholining aksar qismi Oʻzbekistonda korrupsiya bor deb hisoblaydi, 29 foizining fikricha har ikkita mansabdordan biri — poraxoʻr

12:36 15 Iyun 2019 Iqtisodiyot
1739 0

Illyustrativ foto

Munisxon Karimova, “Xalq soʻzi“. “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan joriy yilda oʻtkazilgan korrupsiya boʻyicha soʻrovda qatnashganlarning 66,5 foizi Oʻzbekistonda korrupsiya singari salbiy holat tarqalgan deb hisoblaydi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining kengaytirilgan majlisida gapirib oʻtdi.

Uning qayd etishicha, qariyb 17 foiz ishtirokchilar korrupsiya hamma joy va sohalarni qamrab olgan degan fikrdadir. 29 foiz soʻralganlar esa, mansabdorlarning har ikkinchisi korrupsioner deb hisoblaydi.

“Soʻrovda ishtirok etganlarning 26 foizi mamlakatda korrupsiyaga qarshi oʻtkazilayotgan kurashda ochiqlik va oshkoralik, uni ommaviy axborot vositalarida yoritish ishlarini yetarli emas va bu holat korrupsiyaning asosiy sabablaridan deb hisoblaydi“, degan Yoʻldoshev.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?