Aholi va tadbirkorlik subyektlari 2020-yil 1-iyundan 1-sentabrgacha mol-mulk va yer soligʻi toʻlashdan ozod etiladi

20:52 18 May 2020 Iqtisodiyot
540 0

Prezident tomonidan “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi Farmonni imzolandi.

Unga koʻra, 2020-yil 1-iyundan 1-sentyabrgacha:

kichik tadbirkorlik subyektlari;

bozorlar va savdo majmualari;

kinoteatrlar;

umumiy ovqatlanish joylari;

jamoat transportlari tashkilotlari;

sport-sogʻlomlashtirish muassasalari;

shuningdek, yoʻlovchilarni tashish, maishiy xizmat koʻrsatish, yopiq joylarni ijaraga berish, shu jumladan, banketlar tashkil etish bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslar mol-mulk va yer soligʻi toʻlashdan ozod etiladi.

Bundan tashqari, kichik tadbirkorlik subyektlariga 2020-yil 9-martdagi PF-5969-son va 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-sonli Farmonlarga muvofiq, aprel-may oylari uchun taqdim etilgan, mol-mulk va yer soligʻining foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) summalaridan; 2020-yil 1-yanvardan boshlab 2020-yil 15-maygacha boʻlgan muddatda yer va mol-mulk soligʻi boʻyicha hisoblangan penya va jarimalardan voz kechiladi.

Tadbirkorlar uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)ni olib kirishda (import) qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashni 120 kungacha kechiktirish huquqi beriladi.

2020-yil 1-maydan 1-iyulgacha mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha pasaytiriladi.

Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan davlat korxonalari va yuridik shaxslar bundan mustasno.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?