Afrikada 350 bosh fil sirli tarzda halok bo’ldi

22:54 04 Iyul 2020 Dunyo
481 0

Afrikaning Botsvana shimolida bir necha haftada sirli tarzda 350 bosh fil oʻldi, deb xabar qildi The Guardian.

Fillar oʻlimi haqida birinchi marta may oyining oʻrtalarida xabarlar paydo boʻldi.

Hayvonlarning qoldiqlari mamlakat shimolidagi Okavango daryosi yaqinida topilgan. Iyun oʻrtalariga kelib 170 bosh filning tanasi topildi.

Bir kun avval Britaniya Milliy Parkni qutqaruv xayriya tashkilotining tabiatni muhofaza qilish boʻyicha direktori Nayl Makkan OAVlarga sirli tarzda oʻlim holatlari soni 350 taga yetganini maʼlum qildi.

“Kamida 350 fil oʻldi – bu juda hayratlanarli. Botsvanada Afrika fillarining uchdan birida yashaydi, ularning 10 foizi shu hududda joylashgan, shuning uchun vaziyat fillarning umumiy populyatsiyasiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin”, dedi Makken.

Aerosuratlarda fillarning jasadi deyarli 70 foizi hayvonlar suv ichadigan joyda boʻlgani aks etgan.

Hayvonlarning ommaviy oʻlishi sabablari nomaʼlum. Taxminlarga koʻra, bu tajovuzkor patogen yoxud zaharlash. Kuydirgi infeksiyasi bilan bogʻliq versiya tasdiqlanmadi.

Ayni damda fillarning ommaviy oʻlishi sabablarini aniqlash boʻyicha tadqiqot ishlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?