Afgʻonistonda koronavirusga chalinganlar soni 20 mingga yaqinlashdi

23:31 06 Iyun 2020 Dunyo
184 0

Afgʻonistonda 6-iyun holatiga koʻra, yana 915 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlumotlariga koʻra, Afgʻonistonda koronavirusga chalinganlar soni 19 551 kishini tashkil etmoqda.

Oʻtgan bir sutka ichida 9 kishi COVID-19 qurboniga aylangan boʻlsa, 178 kishi sogʻaygan.

Butun mamlakat boʻylab koronavirus oqibatida vafot etganlar 327 kishiga yetdi, hozirga qadar 1 820 kishi davolanishga muvaffaq boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?