Abdulla Oripov va Erkin Vohidov asarlari qozoq tiliga oʻgirildi

21:12 29 Aprel 2019 Madaniyat
468 0

Arxiv foto

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi matbuot xizmati maʼlumotlariga koʻra, Prezidentimiz tomonidan Navoiy viloyatiga tashrifi chogʻida Oʻzbekiston Qahramonlari — Abdulla Oripov va Erkin Vohidov asarlarini qozoq tiliga oʻgirib, taʼlim qozoq tilida olib boriladigan maktablarga yetkazish borasida topshiriq berilgan.

— Shu asosda ushbu atoqli ijodkorlarning asarlari qozoq tiliga tarjima qilinib, uch ming nusxada chop etildi va Zarafshon shahri, Konimex, Nurota, Tomdi, Uchquduq tumanlaridagi 58 ta maktabga mazkur toʻplamlar yetkazib berildi, — deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Navoiy viloyat boʻlimi rahbari Ulugʻbek Safarov. — Shuningdek, turli marafonlar, aksiyalar doirasida ham ushbu taʼlim maskanlari kutubxonalarining kitob fondi soʻnggi ikki oyda oʻzbek, rus, qozoq tilidagi 2,5 ming nusxadagi badiiy adabiyotlar bilan taʼminlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?