9-may — Xotira va Qadrlash kunida ommaviy tadbirlarni oʻtkazish taqiqlanadi - Respublika maxsus komissiyasi

01:27 08 May 2020 Hujjatlar
377 0

foto by: Google

Respublika maxsus komissiyasi ayrim fuqarolar va jamoat tashkilotlari tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kunida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yoshi ulugʻ faxriylarimizni ushbu bayram munosabati bilan tabriklash va ularning holidan xabar olish yuzasidan berilayotgan koʻplab savollari boʻyicha quyidagilarni maʼlum qiladi:

Bugungi kunda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo va boshqa koʻplab xorijiy mamlakatlar tomonidan 9-may kuni bayram tadbirlari oʻtkazishda fuqarolarning jamoat joylarida toʻplanishi boʻyicha qatʼiy cheklovlar qoʻllanilayotganligi, shuningdek, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga asosan koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish yoshi kattalarda ogʻir kechishini inobatga olib, hududlarda “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratgan holda tabaqalashtirilgan karantin cheklovlaridan qatʼiy nazar, barcha hududlarda 9-may — Xotira va qadrlash kunida ommaviy tadbirlarni oʻtkazish hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yoshi ulugʻ faxriylarning holidan xabar olish taqiqlanadi va barchamiz uchun ulugʻ ushbu bayramni faqat oila davrasida nishonlash tavsiya etiladi.

Taʼkidlash joizki, ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini bayram munosabati bilan tabriklash va ragʻbatlantirish tadbirlari sanitariya talablariga rioya qilgan holda davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi taʼminlanadi.

Bundan tashqari, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida jamoat joylarida harakatlanishda, savdo doʻkonlari va boshqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash, shuningdek, uch kishidan koʻp shaxslarning toʻplanishi boʻyicha talablar saqlanib qolganligi, ushbu talablarni buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishga sabab boʻlishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?