50 tonnadan ortiq oʻzbek gilosining navbatdagi partiyasi Janubiy Koreyaga yetkazib berildi

16:48 01 Iyun 2020 Iqtisodiyot
665 0

Bugun “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ aviakompaniyasining charter yuk reysi Fargʻonadan toʻgʻridan-toʻgʻri Janubiy Koreyaning Inchxon shahriga 50 tonnadan ortiq gilosning navbatdagi partiyasini yetkazib berdi. Bu haqda “Dunyo” AA muxbiri.

Fargʻona viloyatida yetishtirilgan gilos “UZ-SEGANG” qoʻshma korxonasi tomonidan Janubiy Koreyaning hamkor “Sunfinite Co., Ltd.” kompaniyasiga yetkazilgan. Oʻzbek giloslari oʻsha yerdan butun Janubiy Koreya boʻylab mamlakat ulgurji va chakana savdo tarmoqlari orqali tarqatiladi.

“Aytish joizki, mamlakatimizning Seuldagi diplomatiya vakolatxonasi xodimlari oʻzbek mahsulotlarini Koreya Respublikasi bozoriga chiqarishda izchil faoliyat olib bormoqda” deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?