4900 tadan ortiq bo‘sh ish o‘rni. Da’vogar 2330 nafardan ziyod. 17 kishi ish bilan ta’minlangan. Mehnat yarmarkalari xo‘jako‘rsingami yoki aholiga munosib ish yo‘qmi?

17:06 12 Iyun 2018 Jamiyat
416 0
Fotо: prokuratura.uz

2018 yil 9 iyun kuni Toshkent shahar prokuraturasi, shahar hokimligi hamda bandlik bosh boshqarmasi va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda ishsiz fuqarolarni, yoshlarni va kasb-hunar kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mehnat yarmarkasida Toshkent shahrining Chilonzor, Uchtepa, Sergeli, Yakkasaroy va Shayxontohur tumanlarida faoliyat yuritayotgan 200 ga yaqin korxona va tashkilotlar 4900 tadan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etgan.

Shuningdek, tadbirda Toshkent shahridagi tijorat banklarining 15 dan ziyod filiallari tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tayyorlangan biznes rejalari hamda imtiyozli kredit paketlari bilan qatnashdi” deyiladi xabarda.

Mehnat yarmarkasida korxona va tashkilot vakillari kasb-hunar kollej bitiruvchilariga bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.

Shunga qaramay 2.330 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etgan tadbirda 17 kishi bilan mehnat shartnomasi imzolangan. Yana 388 ta murojaat qayd etilgan, bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan esa ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida 126 ta yo‘llanmalar berilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?