43 yoshli Oksana jahon kubogida shohsupaga koʻtarildi

15:21 18 Mart 2019 Sport
478 0

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport gimnastikasi boʻyicha jahon kuboning navbatdagi bosqichi oʻz yakuniga yetib bormoqda. Bugun reglamentga belgilanganidek, ayollar oʻrtasida tayanib sakrash boʻyicha final bosqichi boʻlib oʻtdi.

Eng kuchli 8 nafar sportchi orasida bahs olib borgan vakilamiz Oksana Chusovitina joriy turnirdan ham medal bilan qaytadigan boʻldi. Sportchimizning ijrosini hakamlar hayʼati 14,450 ball bilan baholashdi.

Finalchilar orasida faqatgina amerikalik Jeyd Keri Chusovitinaning natijasini yaxshilay oldi xolos. Shu tariqa yurtdoshimiz musobaqaning kumush medalini qoʻlga kiritmoqda. Shohsupaning uchinchi pogʻonasidan meksikalik Aleksa Moreno joy oldi.

Sport gimnastikasi. Jahon kubogi.

Ayollar, tayanib sakrash

1. Jeyd Keri (AQSH) – 14,766

2. Oksana Chusovitina (Oʻzbekiston) – 14,450

3. Aleksa Moreno (Meksika) – 14,249

Vakilimiz endi 20-23 mart kunlari Doxada boʻlib oʻtadigan navbatdagi jahon kubogi bosqichiga yoʻl oladi. Yangi reglamentga koʻra, aynan ushbu musobaqalar Tokio-2020 Olimpiadasi kvalifikatsiyasining bosqichlari hisoblanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?