350 mln pulni olib qochib yurgan firibgar qidirilmoqda

18:52 03 Iyul 2018 Jamiyat
14952 0

2017 yilning noyabr oyidan dekabr oyi so‘nggiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan Shoxrux Baymirov tanishlari, Jizzax viloyati Zarbdor tumanida yashovchi B.K., J.I. va S.K.larga shakar mahsulotini sotish bilan shug‘ulanayotgani evaziga katta daromad ko‘rayotganini aytib, ularga tadbirkorlik qilish uchun pul tikishlarini taklif qilgan va har oyda berilgan pullarining 10 foizi miqdorida daromad puli berib turishini va’da qilgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarda qayd etilishicha, Shoxrux Bayirovni so‘zlariga ishongan tanishlari unga jami 350 mln.so‘m pullarini berishgan. Ammo Shoxrux Baymirov bergan va’dasini bajarmay olgan pullarini o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan. Hozirda Shoxrux Baymirovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘ailib, uni ushlash choralari ko‘rilgan.

“Hurmatli fuqarolar, orangizda kimdir Shoxrux Baymirovni qayerdaligi yoki u haqida boshqa bir ma’lumotga ega bo‘lsa ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishini so‘raymiz. Unutmang bu bilan siz, yurtimizda jinoyatga jazo muqarrar ekanligini ta’minlashga hamda boshqa bir begunoh insonlarning moddiy ahvoliga zarar yetishining oldini olishga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz”, deyiladi IIV bayonotida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?