24 apreldan Toshkentda sovuq suv tariflari oshirildi, “Suvsoz” bu haqda 25 aprel kuni xabar berdi

10:39 26 Aprel 2019 Jamiyat
606 0

Illyustrativ foto

24 apreldan Toshkent aholisi uchun sovuq suv tariflari oshirildi. “Suvsoz” korxonasi bu haqda 25 aprel kuni maʼlum qildi. Unga koʻra, poytaxt hokimiyati yangi narxlarni 2 aprelda tasdiqlagan.

Ichimlik suvi tariflari 2018 yil yanvarida belgilangan har kub metri uchun 100 soʻm miqdoridagi maxsus ustamani oʻz ichiga oladi.

Markazlashtirilgan issiq suv taʼminotiga ega koʻp qavatli uylarda yashovchi aholi uchun 1 kub metr suv narxi endilikda 1050 soʻm (bunga qadar — 850 soʻm), markazlashtirilmagan issiq suv taʼminotisiz — 715 soʻm (615) etib belgilandi.

Xususiy sektordagi kanalizatsiyaga ulangan uylarda tarif 615 soʻmdan 715 soʻmga oshirilgan boʻlsa, kanalizatsiyasiz uylarda oʻzgarishsiz 380 soʻmligicha qoldi.

Hisoblagichsiz, kanalizatsiyaga ulangan va ichki chanoq, unitaz, oʻz isitish qurilmasiga esa vanna (banya) yoki dushga ega boʻlgan uylarda kishi boshiga toʻlov 8933,22 soʻmdan aprelda 9083,15 soʻm, may oyidan boshlab esa 10116,43 soʻmga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, bunga qadar Toshkentda sovuq suv tariflari noyabr va dekabr oylarida oshirilgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?