2147 nafar tadbirkorning 73,1 mlrd. soʻmlik soliq qarzidan voz kechildi

11:41 15 Oktyabr 2018 Iqtisodiyot
1085 0
Illyustrativ foto

Respublikamiz boʻyicha jami 2147 nafar, shundan 1197 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini qayta tiklaganligi va 950 nafari davlat roʻyxatidan oʻtganligi natijasida 73,1 mlrd. soʻmlik qatʼiy belgilangan soliq va moliyaviy jarima boʻyicha mavjud qarzi hisobdan chiqarildi.

Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi tomonidan maʼlum qilindi.

Maʼlumki, Prezidentimizning 2018 yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, 2018 yil 1 aprelga qadar tadbirkorlik maqomini yoʻqotgan, faoliyatini amalga oshirmayotgan, faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2019 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik faoliyatini tiklagan yoki davlat roʻyxatidan oʻtgan hollarda, qatʼiy belgilangan soliq va moliyaviy jarima boʻyicha qarzi hisobdan chiqarilishi belgilangan.

Davlat soliq qoʻmitasi 2019 yil 1 yanvar sanasi yaqinlashayotganligi bois, davlatimiz tomonidan berilayotgan bunday imkoniyatdan unumli foydalangan holda, farmon talablariga asosan tadbirkorlik faoliyatlarini tiklash yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtishga chaqiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?