2023-yilda Oʻzbekistonga kelayotgan sayyohlar soni 10 milliondan oshadi — Aziz Abduhakimov

15:33 11 Noyabr 2019 Welcome to uzbekistan
558 0

Oʻzbekistonda turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish boʻyicha olib borilayotgan saʼy-harakatlar natijada mamlakatimizning sayyohlik jozibasi ortmoqda. Buni keyingi paytda yurtimizga kelayotgan chet ellik sayyohlar oqimi koʻpayib borayotgani misolida ham koʻrish mumkin. Agar 2016-yilda xorijdan 1,3 million turist kelgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2017-yilda 2,7 million, 2018-yilda esa 5,4 million nafarga yetdi.

— Sayyohlar soni 2019-yil yakuni boʻyicha yanada ortib, 6,4 million nafarga yetadi, — deydi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Aziz Abduhakimov “Ipak yoʻlida turizm” yigirma beshinchi Toshkent xalqaro turizm koʻrgazmasi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida. — 2023-yilga borib esa sayyohlar soni 10 milliondan oshishi kutilmoqda. Hozir joylardagi mehmonxonalarda boʻsh joy qolmayapti. Bundan, menimcha, xursand boʻlishimiz kerak. Shuning uchun har yili koʻplab zamonaviy mehmonxonalar, mehmon uylari foydalanishga topshirilmoqda.

Darhaqiqat, anjumanda aytilganidek, 2019-yilning oʻzida 220 ziyod mehmonlarni joylashtirish obyektlari foydalanishga topshirilayotgan boʻlsa, shundan 60 dan ziyodi yirik mehmonxonalar ulushi toʻgʻri keladi. Kelgusi yilda esa 300 ta shunday loyiha amalga oshirilishi koʻzda tutilmoqda.

Said RAHMONOV.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?