2021-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari faoliyatini soliq auditidan oʻtkazish toʻxtatiladi

10:11 20 Mart 2020 Iqtisodiyot
229 0

Foto: www.google.com

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.

2021-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini soliq auditidan oʻtkazish toʻxtatiladi, jinoyat ishlari doirasida va yuridik shaxsni tugatish munosabati bilan soliq auditidan oʻtkazish bundan mustasno.

Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan birgalikda davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga qatʼiy rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatadi.

Tadbirkorlik subyektlariga:

hisobot yilida amalga oshirilgan tovarlarning umumiy eksportiga nisbatan 10 foizdan oshmagan muddati oʻtgan debitor qarzdorligi mavjud boʻlgan taqdirda, kafolatlangan toʻlovni taʼminlamasdan tovarlar eksportini amalga oshirishga;

2020-yil davomida tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligini soʻndirish evaziga texnologik asbob-uskunalar va xomashyo tovarlarini import qilish boʻyicha bir martalik operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?