1-yanvardan birinchi rahbarlar oʻzlarining semizlik darajasi va vazniga jiddiy eʼtibor qaratadi

19:30 30 Oktyabr 2020 Hujjatlar
14052 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Ushbu Farmon bilan:

1) aholi oʻrtasida ommaviy sport rivojlantiriladi va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda – yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, “Workout” (mahalla va koʻcha fitnesi) sportning ustuvor turlari etib belgilanadi;

2) aholini kunlik yurish va yugurishga targʻib qilish maqsadida “Sogʻlom turmush tarzi” (www.1hls.uz) platformasi yaratiladi.

Bunda:

bir sutka davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurgan
18 va undan yuqori yoshdagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining elektron hamyoniga 3 ming soʻm;

bir oyda bir marta tuman (shahar) boʻyicha eng koʻp yurgan shaxsga 300 ming soʻmhududlar boʻyicha eng koʻp yurgan shaxsga 500 ming soʻmrespublika boʻyicha eng koʻp yurgan shaxsga 1 mln soʻm qoʻshimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga oʻtkaziladi;

(moliyalashtirish aholi salomatligi uchun zararli boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilardan maxsus yigʻim joriy etish hisobidan amalga oshiriladi)

3) har bir tuman markazi va shaharlarda piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yoʻlaklari”ni tashkil etish. Bunda, quyidagilar nazarda tutilmoqda:

piyodalar va velosiped yoʻlaklarining umumiy uzunligi 3–5 kmni tashkil etishi hamda oʻzaro uzviy bogʻliq boʻlishi;

zamonaviy, energotejamkor (harakat sensorlari bilan jihozlangan) yoritish tizimlari va yorugʻlik qaytaruvchi, yoʻlaklarning boshlanishi, oraligʻi va yakunini koʻrsatuvchi yoʻl belgilari bilan toʻliq taʼminlanishi;

piyodalar va velosiped yoʻlaklarini barpo etishda alohida harakatlanish imkoniyatlarini yaratish hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun “toʻsiqsiz muhit” tashkil etish;

4) hududlarda yangidan barpo etilayotgan koʻp qavatli turar joylar qurish boʻyicha tasdiqlangan amaldagi shaharsozlik normalariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish:

aholi soni va uy-joylarning joylashuvini inobatga olgan holda, shuningdek tashkilotlarning tegishli hududlarida velosiped turar joylari va zamonaviy sport maydonchalarini tashkil etish;

mahallalar, qishloqlar, tumanlar va shaharlarni bogʻlovchi avtomobil yoʻllari, piyoda hamda velosiped yurishi uchun moʻljallangan Salomatlik yoʻlaklarini qurish;

5) 204 ta tuman (shahar)dagi 9 146 ta mahalla fuqarolar yigʻinida har chorakda “Sogʻlom turmush tarzi rivojlangan mahalla” tanlovlarini tashkil etish;

(tanlovda birinchi oʻrinni egallagan mahallaga 10 mln soʻmikkinchi oʻrin uchun 5 mln soʻm va uchinchi oʻringa 3 mln soʻm miqdorida pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi. Pul mukofoti mahallalarda sport maydonchalarini tashkil etish va ularni jihozlashga yoʻnaltiriladi)

6) maktabgacha va umumtaʼlim muassasalarini birlamchi sport jihozlari va anjomlari bilan taʼminlash;

(ushbu maqsadlar uchun 2021-yilda 6 021 ta maktabgacha taʼlim tashkilotiga mln soʻmdan, 9 942 ta umumtaʼlim muassasasiga mln soʻmdan ajratiladi)

7) davlat organlari va tashkilotlarida sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida 2021-yil 1-yanvardan boshlab:

mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga “Sport targʻibotchisi” qoʻshimcha vazifasini yuklash va uning ish haqiga 20 foiz miqdorda ustama belgilash yoʻlga qoʻyiladi;

ish vaqtidan soʻng haftada kamida bir marta rahbar va barcha xodimlari jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari (yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqalar) bilan shugʻullanishi taʼminlanadi;

har shanba kuni soat 14:00 dan soʻng xodimlar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqa sport turlari boʻyicha ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi;

birinchi rahbarlar “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida oʻzlarining antropometrik koʻrsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash) yaxshilash orqali xodimlarning antropometrik koʻrsatkichlarining yaxshilanishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

8) davlat organlari va tashkilotlarining kasaba uyushmalari va ish beruvchilari oʻrtasidagi jamoa shartnomalarida:

ish kuni davomida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari;

texnologiya, ishlab chiqarish va ish sharoitlaridan kelib chiqib, xodimlariga ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlarini bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslarni belgilash joriy etiladi;

9) umumtaʼlim, professional va oliy taʼlim muassasalarida darslar oraligʻida (katta tanaffus vaqtida) “Sport daqiqasi” jismoniy mashqlari, darslar boshlanishidan oldin 2 daqiqa nafas olish mashqlarini oʻtkazish amaliyotga joriy etiladi;

10) umumtaʼlim maktablarida 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab barcha sinflarda jismoniy tarbiya fanini haftada 2 soatdan oʻqitish tashkil etiladi.

II. Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish imkoniyati yaratiladi:

tuman (shahar) va mahallalarda jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish infratuzilmasi shakllantiriladi;

(9 146 ta mahallada 18 292 ta jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport maydonchalari, 2021-2022-yillarda 204 ta tuman (shahar)da jami 831 km piyodalar va velosiped yoʻlaklari barpo etiladi)

taʼlim muassasalarining sport infratuzilmasi rivojlantiriladi;

(2021–2025-yillar davomida 600 ta umumtaʼlim maktabida sport zallari quriladi, sport inventarlari bilan jihozlash uchun har yili 9 942 ta maktabga hamda 6 021 ta maktabgacha taʼlim tashkilotiga zarur mablagʻlar ajratiladi)

aholining barcha qatlamlari, ayniqsa bolalar va yoshlar orasida sport targʻiboti kuchaytiriladi:

a) bogʻcha yoshidagi bolalar “Bolalikdan sportga”“Tonggi gimnastika” kabi sport mashgʻulotlarini oʻtkazish natijasida sogʻlomlashtiriladi;

b) umumtaʼlim maktablarida “Biz bilan bajar, bizdek bajar, bizdan yaxshiroq bajar!”“Quvnoq startlar” sinflararo sport musobaqalarini oʻtkazish natijasida sport bilan shugʻullanuvchi oʻquvchilar soni oshadi;

v) oilalar oʻrtasida oʻtkaziladigan “Otam, onam va men – sportchilar oilasi!” sport musobaqalarini oʻtkazish natijasida ommaviy sport bilan shugʻullanuvchilar soni 6,1 mlnga oshadi.

2025-yilga qadar jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanadigan aholining umumiy soni kamida 30 foizga yetkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?